Turizm sohasidagi imkoniyatlarni to‘la ishga solish yuzasidan fikr almashildi
Strategik islohotlar agentligida “Reformatics” konsalting kompaniyasi rahbari Nika Gilauri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Hozirda mazkur kompaniya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha 2040 yilgacha mo‘ljallangan strategiya ustida ish olib borilmoqda. Shu maqsadda ekspertlar tomonidan yurtimizdagi mehmonxonalar va turoperatorlar holati, transport infratuzilmasi, viza masalalari, har bir hududdagi sayyohlik salohiyati, xizmat ko‘rsatish majmualari o‘rganildi. O‘tgan yili mamlakatimizga…