Tuman va shaharlar boshqaruvida yangicha yondashuv nazarda tutilmoqda

Davlatimiz Rahbarining shu yil 16-iyun kuni islohotlar natijadorligi va hududlardagi ishlar tahlili bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshirig‘iga muvofiq, Strategik islohotlar agentligi tomonidan tuman va shahar hokimliklari faoliyatini takomillashtirishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Hozirgi kunda tuman va shahar hokimlariga 500 dan ortiq vazifalar yuklatilgan bo‘lib, inson va ma’muriy boshqaruv resurslari kamligi…

Turizm sohasidagi imkoniyatlarni to‘la ishga solish yuzasidan fikr almashildi

Strategik islohotlar agentligida “Reformatics” konsalting kompaniyasi rahbari Nika Gilauri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Hozirda mazkur kompaniya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha 2040 yilgacha mo‘ljallangan strategiya ustida ish olib borilmoqda. Shu maqsadda ekspertlar tomonidan yurtimizdagi mehmonxonalar va turoperatorlar holati, transport infratuzilmasi, viza masalalari, har bir hududdagi sayyohlik salohiyati, xizmat ko‘rsatish majmualari o‘rganildi. O‘tgan yili mamlakatimizga…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan muloqot bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv hamda xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Muloqotda maslahatchi ofisi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilayotgan ishlar natijalari ko‘rib chiqildi. Xususan, davlat organlarining xalqaro moliyaviy institutlar hamda donorlar bilan o‘zaro hamkorligi vositasi sifatida O‘zbekiston “Mamlakat platformasi” tashabbusidan samarali foydalanish,…

Tungi iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tungi iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi qarori loyihasi tayyorlandi. Hujjatni tayyorlash jarayonida MDH, ShHT, Yevropa Ittifoqi va boshqa xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilib, shuningdek, ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohasi tadbirkorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Loyihada 2030-yilgacha tungi iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari…

O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyning Binxay Yangi Hududi tajribasi o‘rganildi

O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyning Binxay Yangi Hududi tajribasini o‘rganmoqda Strategik islohotlar agentligi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Tyanszin shahrida joylashgan Binxay Yangi Hududiga tashrif buyurib, hududning asosiy rivojlanish yo‘nalishlari va boshqaruv tizimini o‘rgandi. Ma’lumot uchun: Binxay 2009-yilda uchta tumanning qo‘shilishi natijasida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 2 milliondan ortiq aholiga ega. Hudud 1984-yildan buyon maxsus iqtisodiy zona…

Strategik islohotlar agentligi tomonidan “Ma’lumotlarni boshqarishning milliy tizimi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi

Davlat organlarida ma’lumotlarni raqamli yig‘ish, shakllantirish, almashish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanishda yagona yondashuvni joriy etish maqsadida Strategik islohotlar agentligi tomonidan “Ma’lumotlarni boshqarishning milliy tizimi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi. Loyihani ishlab chiqishda Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasining sohaga mas’ul bo‘lgan vakillari va bir qator xorijiy ekspertlar bilan muhokamalar o‘tkazilib,…