Strategik islohotlar agentligi va Qozog‘iston Strategik tadqiqotlar instituti o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan VIII Markaziy Osiyo ekspertlar forumi doirasida Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozog‘iston Strategik tadqiqotlar instituti direktori Jandos Shaymardanov o‘rtasida alohida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tomonlar o‘z tashkilotlarining hozirgi faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar hamda amaliy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Uchrashuv boshida…

Toshkentda “Markaziy Osiyo – ishonch, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning umumiy makoni” mavzusida VIII Markaziy Osiyo ekspertlar forumi boshlandi

Bugun Toshkent “Markaziy Osiyo – ishonch, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning umumiy makoni” mavzusida VIII Markaziy Osiyo ekspertlar forumi o‘z ishini boshladi. Mazkur forum mintaqa davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy jihatlarini muhokama qilish uchun an’anaviy maydonga aylandi. Tadbirda Markaziy Osiyodagi barcha davlatlarning strategik tadqiqot markazlari, ilmiy va ekspert doiralari rahbarlari va vakillari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, ASEAN, AQSh,…