Strategik islohotlar agentligi va Qirg‘iz Respublikasi Strategik tashabbuslar milliy instituti istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarni muhokama qildilar

Strategik islohotlar agentligida Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy strategik tashabbuslar instituti direktorining o‘rinbosari Shumkarbek Adilbek uulu bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov Agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi. Jumladan, strategik islohotlarni amalga oshirish va kompleks tahlil hamda ichki salohiyatdan samarali foydalanish asosida hududlarni rivojlantirish, islohotlarni amalga oshirish jarayonida…

Mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Etilen va propilen polimerlaridan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror imzolandi. Strategik islohotlar agentligi tomonidan tayyorlangan ushbu hujjat raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni sifatli va arzon xomashyo bilan ta’minlash, uni chuqur qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni…

Strategik islohotlar agentligi va Qozog‘iston Strategik tadqiqotlar instituti o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan VIII Markaziy Osiyo ekspertlar forumi doirasida Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozog‘iston Strategik tadqiqotlar instituti direktori Jandos Shaymardanov o‘rtasida alohida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tomonlar o‘z tashkilotlarining hozirgi faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar hamda amaliy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Uchrashuv boshida…

Toshkentda “Markaziy Osiyo – ishonch, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning umumiy makoni” mavzusida VIII Markaziy Osiyo ekspertlar forumi boshlandi

Bugun Toshkent “Markaziy Osiyo – ishonch, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning umumiy makoni” mavzusida VIII Markaziy Osiyo ekspertlar forumi o‘z ishini boshladi. Mazkur forum mintaqa davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy jihatlarini muhokama qilish uchun an’anaviy maydonga aylandi. Tadbirda Markaziy Osiyodagi barcha davlatlarning strategik tadqiqot markazlari, ilmiy va ekspert doiralari rahbarlari va vakillari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, ASEAN, AQSh,…

“Soakaway filtrlash maydoniga ega septik” tajriba loyihasi amalga oshirilmoqda

Strategik islohotlar agentligi huzuridagi “Delivery Unit” ofisi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan respublikaning 3 ta umumtaʼlim maktablarida grant mablag‘lari hisobidan markazlashtirilmagan kanalizatsiya tizimi “Soakaway filtrlash maydoni ega septik” yechimini qo‘llash tajriba loyihasi amalga oshirilmoqda. Hozirda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani 11-sonli, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani 25-sonli va Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani 16-sonli umumtaʼlim maktablari tajriba loyihasi uchun saralab olingan. Ayni vaqtda mazkur loyihalash…

Strategik islohotlar agentligida “Markaziy Osiyo kelajagi – 2050” forsayt-seminarining yakunlariga doir taqdimot bo‘lib o‘tdi

Bugun Strategik islohotlar agentligida joriy yilning 27-28 may kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo kelajagi – 2050” mintaqaviy forsayt-seminarining yakunlariga doir taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Agentlik direktori Baxodir Raxmatov, Qozog‘istonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamqulov, Tojikistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, Turkmanistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Shadurdi Meredov, Qirg‘iziston elchixonasi maslahatchisi Dastan Niyazaliyev…

Oʻzbekistonda aholining ovqatlanish holati baholanmoqda

Oʻzbekistonda ovqatlanish sohasida ISCAD (International Strategic Center for Agri-Food Development) tashkiloti tomonidan Strategik islohotlar agentligi huzuridagi Delivery Unit ofisi bilan hamkorlikda keng qamrovli tadqiqot olib borilmoqda. Loyihaning maqsadi aholining ovqatlanish odatlari va ratsionini har tomonlama baholash, sogʻliqqa ta’sir qiluvchi bilimlar, xulq-atvor omillari va obyektiv tibbiy koʻrsatkichlarni oʻrganishdan iborat. Tadqiqot xalqaro KAP Survey (bilim, munosabat va…