Agentlik huzuridagi “Delivery Unit” ofisi tomonidan ichimlik suvi ta’minoti, oqova tizimlari va avtonom sanitariya tizimlari bo‘yicha axborot-tahliliy va uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi

Mazkur qo‘llanma O‘zbekistonda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarini chiqarish sohasidagi asosiy muammolarni har tomonlama tahlil qiladi. Hujjatda aholining markazlashgan ichimlik suvi va oqova tizimlari bilan qamrovi pastligi, infratuzilmaning eskirishi, suv sifatining yomonligi, samarasiz boshqaruv hamda normativ-huquqiy bazadagi bo‘shliqlar kabi muammolar alohida taʼkidlanadi. Bu muammolarning sabablari sifatida maʼlumotlar va ularning ochiqligi yetishmasligi, davlat idoralari o‘rtasida…

Oʻzbekistonda ijtimoiy sohaga doir investitsiyalarni boshqarishda shaffoflikni taʼminlash uchun yangi Geoportal ishga tushirildi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan vazirlik va idoralar vakillari uchun maktablar, maktabgacha taʼlim muassasalari, tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy soha obyektlariga sarmoya kiritish jarayonini yanada shaffof, samarali va fuqarolar uchun qulay qilish imkonini beruvchi yangi Geoportal taqdimoti namoyish etildi. Mazkur raqamli platformaning ishga tushirilishi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi maqsad va vazifalarini amalga oshirish doirasida tashkil etilib,…

Xalqaro maslahatchilar kengashi demografik omilni mamlakat rivojlanishiga integratsiya qilish mexanizmlarini taklif etdi

Xalqaro maslahatlashuv kengashi O‘zbekistondagi demografik o‘zgarishlardan to‘g‘ri foydalanish choralariga doir takliflar ishlab chiqdi. Xususan, Kengash demografik masalalar bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni taklif qilmoqda. Ular orasida ta’lim darajasini oshirish (ayniqsa xotin-qizlar uchun), kasbiy-texnik ta’limni rivojlantirish, xorijda shartnoma asosida mehnat faoliyatini tashkil etish va ijtimoiy xizmatlar sektorini faol rivojlantirish kabi mexanizmlar mavjud. Kengashning tavsiyasiga ko‘ra, aholining tabiiy o‘sish…

Xalqaro maslahatchilar kengashi qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni taklif qildi

Xalqaro maslahatchilar kengashi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan hujjat taqdim etdi. Unda sohaga oid mavjud holatning kompleks tahlili, aniqlangan tuzilmaviy va institutsional cheklovlar, shuningdek, xalqaro tajribaga asoslangan aniq tavsiyalar bayon etilgan. Xususan, hujjatda suv infratuzilmasini modernizatsiya qilish va resurslarni boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish agrar sohani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan.…