Quyosh panellarini utilizatsiya qilish tizimi o‘rganilib, O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan quyosh panellarini utilizatsiya qilish sohasi o‘rganilib, yetakchi davlatlar tajribasi asosida mazkur sohani O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Xalqaro energetika agentligi (IEA) ma’lumotlariga ko‘ra, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga kiritilgan global investitsiyalar 365 mlrd dollardan oshgan. Kelgusida quyosh energiyasi dunyo bo‘ylab ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 40 foizini tashkil qilishi kutilmoqda. Qayta…