Strategik islohotlar agentligida elektron to‘lovlarni rivojlantirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida Elektron to‘lovlar ulushini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini tayyorlash  doirasida moliyaviy sektor vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi uchrashuv yetakchi to‘lov tashkilotlari — Click asoschisi va bosh direktori Ulug‘bek Rustamov, OSON yuridik direktori Dilshod Keldiyarov va PAYNET bosh direktori Anvar Isamuhamedov ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida elektron to‘lovlarning boshqa hisob-kitob shakllariga nisbatan…

IHTT loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida strategik rejalashtirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkentda strategik rejalashtirish sohasida salohiyatni oshirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir Strategik islohotlar agentligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida tashkil etildi. Seminarda Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori o‘rinbosari Vosidjon Ergashev, Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher…