Strategik islohotlar agentligida kasbiy ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
Bugun Strategik islohotlar agentligida Shveytsariyaning “Helvetas Swiss Intercooperation” tashkiloti vakillari bilan kasbiy ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov, “Helvetas Swiss Intercooperation” loyiha rahbari Simona Shtrasburger, Shveytsariya Federal texnologiyalar instituti professori Ursula Renold, ekspert Shuxrat Amanov, loyiha menejeri Dildora Abidjanova, «ETH Zurich» assistenti Mishel Palayl hamda ikki…