Strategik islohotlar agentligida Suma Chakrabarti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Strategik islohotlar agentligida agentlik direktori Baxodir Raxmatovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv hamda xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shuningdek S. Chakrabarti Ofisi vakillari Mandip Beyns, Mari-Enn Birken, Jonatan Charlz va Friderike Zayfert ishtirok etishdi. Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga qaratilgan Prezident Farmoni loyihasini muhokama qildilar. Mamlakat raqobatbardoshligini mustahkamlash va barqaror o‘sishni ta’minlashga xizmat qiluvchi ilg‘or xalqaro tajribalarni integratsiya qilish bo‘yicha takliflar…