“Ma’lumotlarni boshqarishning milliy tizimi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish ishlari boshlandi

Strategik islohotlar agentligi huzuridagi Natijalarga erishishni boshqarish guruhi Deliver Unitda “Maʼlumotlarni boshqarishning milliy tizimi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish masalasiga bag‘ishlangan ishchi guruhning dastlabki yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Qonun loyihasi muvaffaqiyatli xalqaro tajribalarga asoslangan, hujjatning amal qilish doirasi va asosiy texnik jihatlarini belgilab beruvchi konsepsiyaga muvofiq ishlab chiqilmoqda. Muhokamalar chogʻida yangi tizim ma’lumotlaridan foydalanish jarayoni davlat…

Strategik islohotlar agentligi va Qozog‘iston Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi o‘rtasida 2025-yilga mo‘ljallangan Qo‘shma tadbirlar rejasi imzolandi

2024-yil 21–22-noyabr kunlari Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov boshchiligidagi delegatsiyaning Qozog‘istonga uyushtirilgan tashrifi natijalaridan biri sifatida 2025-yilga mo‘ljallangan Qo‘shma tadbirlar rejasi imzolandi. Ushbu Reja ikki mamlakat o‘rtasida raqamli transformatsiya, ijtimoiy rivojlanish va hududiy salohiyatni yaxshilash kabi strategik yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan. Rejada uzoq muddatli tashabbuslarning samaradorligini oshirish maqsadida strategik rejalashtirish yondashuvlari va metodologiyasini o‘rganish choralari belgilangan. Xususan, milliy statistika tizimini raqamli transformatsiya qilish, ma’lumotlarni boshqarish va…

Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yilning 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonda, jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Strategik islohotlar agentligi tomonidan respublika tuman va shaharlarida olib borilgan ishlar davomida tayyorlangan takliflar o‘z aksini topgan.…

“Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyilini amalga oshirish bo‘yicha Loyiha ofisi tashkil etiladi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan uy-joy sohasini rivojlantirish va isloh qilishda “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili asosida kompleks yondashuv ishlab chiqildi. Ushbu tamoyil uy-joy qurilishi va boshqaruvining samarali hamda zamonaviy modelini yaratish, aholining huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va ekologik barqarorlikni oshirishga qaratilgan. Tamoyilning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: – ko‘p kvartirali uylarni qurishda ulushli qurilish ishtirokchilarining huquqlarini himoya…