Davlat xizmatida strategik rejalashtirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 3-4-dekabr kunlari Toshkent shahrida «Davlat xizmatida strategik rejalashtirish» seminarining 3-moduli bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston davlat organlari vakillarini zamonaviy strategik rejalashtirish usullari va vositalari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi. Seminarni Strategik islohotlar agentligi va Latviya Respublikasining Markaziy moliyalashtirish va kontraktlashtirish agentligi (CFCA) tominidan tashkil etilgan bo‘lib, Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamiyatining (GIZ) moliyaviy ko‘magi asosida…

Davlat boshqaruvini shakllantirishda IHTT tavsiyalari ko‘rib chiqildi

2024-yilning 7-noyabr kuni Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan o‘tkazilgan hamda GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati) moliyaviy ko‘magida amalga oshirilgan “Davlat boshqaruvi sharhi”ning yakuniy hisoboti taqdimotiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Sharhdan koʻzlangan maqsad Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi tizimini har tomonlama oʻrganish, uning samaradorligini baholash va takomillashtirish boʻyicha takliflar berishdan iborat edi.…

Strategik islohotlar agentligi va MMTV tomonidan maktablarda sanitariya sharoitlarini yaxshilashga doir besh yillik dastur ishga tushirilmoqda

Yaqinda Toshkent shahrida Strategik islohotlar agentligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston maktablarida sanitariya sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha besh yillik dasturni ishlab chiqishga bag‘ishlangan ishchi guruhning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Tadbir Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida vazir o‘rinbosari Temur Komilov rahbarligida va Strategik islohotlar agentligi, mazkur Agentlik huzuridagi Delivery Unit ofisi, Qurilish va kommunal xo‘jaligi vazirligi, shuningdek, YUNISЕF hamda BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) vakillari ishtirokida bo‘lib…

Strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi: 2024-yil oktyabr oyida belgilangan vazifalar ijrosi

Davlatimiz Rahbarining 2024-yil 4-martdagi PQ–109-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi Strategik islohotlar agentligi muntazam tahlil qilinib, bu boradagi ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda. 2024-yilning oktyabr oyida rejaga muvofiq 1 ta Farmon, 1 ta Prezident qarori va 2 ta Hukumat qarori (jami – 5 ta) ishlab chiqilishi belgilangan. Xususan, rejaning 77-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ilmiy va startap loyihalarni davlat tomonidan moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan “Ilmiy va innovatsion faoliyatni…

O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish masalalari o‘rganilib, tegishli takliflar tayyorlandi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan tungi iqtisodiyot bo‘yicha 5 ta xorijiy davlatlar (Buyuk Britaniya, Tailand, AQSH, BAA va Avstraliya) tajribasi va ushbu yo‘nalishni O‘zbekistonda yanada rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi. Xorijiy davlatlarning tungi iqtisodiyot rivojlangan shaharlarida yillik tushumlar miqdori sezilarli darajada iqtisodiyotga foyda keltirmoqda. Ma’lumot uchun: 2023 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, Londonda tungi iqtisodiyotdan yillik tushumlar miqdori – 44 mlrd dollarni, Bangkokda – 10 mlrd dollarni, Nyu-Yorkda – 35 mlrd dollarni, Dubayda – 29 mlrd dollarni hamda Sidneyda – 3,8 mlrd dollarni tashkil etgan. Bundan tashqari, ushbu shaharlarda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida alohida hududlar ajratilgan hamda qo‘shimcha ish joylari tashkil etilgan.…

Strategik islohotlar agentligida xalqaro konsultantlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatovning xalqaro konsultantlar – Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun: Alfred Guzenbauer 2000-yillarda Avstriya Federal kansleri bo‘lib faoliyat yuritgan. Aleksandr Kvasnevskiy Polsha Prezidenti bo‘lgan. Shtefan Fyule Yevropa Ittifoqining kengayish va yaxshi qo‘shnichilik siyosati masalalari bo‘yicha komissari lavozimida muvaffaqiyatli ishlagan. Uchrashuv boshida B.Raxmatov xalqaro konsultantlarni Agentlik faoliyatining yo‘nalishlari, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, hududlar…

“El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirishga oid Prezident farmoni loyihasi ishlab chiqildi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali iqtidorli yoshlarni xorijdagi nufuzli muassasalarda ta’lim olishini tashkil etish borasida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali AQSH va Buyuk Britaniyaning eng nufuzli universitetlarini 50 nafar yoshlar bitirdi va ularda o‘qiyotgan vatandoshlarimiz 200 dan oshdi. Umuman, hozirda 110 ming yoshlar xorijda tahsil olayapti. Shu bilan birga, Prezidentimiz tomonidan amalga…

Jonli ijroni rag‘batlantirish orqali fonogrammadan foydalanishni kamaytirishning o‘ziga xos jihatlari

Strategik islohotlar agentligi tomonidan jonli ijro asosida kuylash va fonogrammadan foydalanishning amaldagi holati o‘rganildi. Ma’lumki, bu sohaga katta e’tibor qaratilib, jonli ijroni rag‘batlantirish maqsadida san’at vakillariga imtiyozlar berib kelinmoqda. Buning natijasida keng jamoatchilik, xususan yoshlar o‘rtasida estrada san’atiga qiziqish kuchayib bormoqda. Bunga birgina misol sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6000–sonli Farmonini keltirish mumkin. Ushbu Farmon…