Xalqaro maslahatchilar kengashi qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni taklif qildi
Xalqaro maslahatchilar kengashi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan hujjat taqdim etdi. Unda sohaga oid mavjud holatning kompleks tahlili, aniqlangan tuzilmaviy va institutsional cheklovlar, shuningdek, xalqaro tajribaga asoslangan aniq tavsiyalar bayon etilgan. Xususan, hujjatda suv infratuzilmasini modernizatsiya qilish va resurslarni boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish agrar sohani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan.…









