“UZBEKISTAN THE GOLDEN ROAD” hujjatli filmi endi YouTubeda

Avval xabar berilganidek, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi, Turizm qo‘mitasi hamda mamlakatimizning Londondagi elchixonasi tashabbusi bilan “UZBEKISTAN THE GOLDEN ROAD” (“O‘zbekiston – oltin yo‘l”) nomli hujjatli film yaratilgan edi. Britaniyalik mashhur olima, yozuvchi va teleboshlovchi Bettany Xyuz tomonidan suratga olingan kartinada mamlakatimizning buyuk tarixi va turizm salohiyati haqida hikoya qilingan. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax,…

“Mening yurtim – mening xaritam” shiori ostida mapaton oʻtkazildi

Toshkent viloyatining Chinoz tumanida xalqaro geoaxborot tizimlari kuniga bagʻishlangan Mapaton – 2025 boʻlib oʻtdi. Tadbir Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, Geologiya fanlari universiteti hamda Kadastr agentligi bilan birgalikda tashkil etildi. Mapaton geofazoviy maʼlumotlarni yaratish, yangilash va tahlil qilish boʻyicha keng koʻlamli jamoaviy tadbir boʻlib, unda 300 nafar talaba ishtirok etdi.…

Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimi rahbarlari malaka oshirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida davlat organlarining strategik rejalashtirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari uchun seminar-trening o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 oktyabrdagi “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining ijrosi doirasida tashkil etildi. Ma’lumki, mazkur Farmon bilan mamlakatimizda strategik ahamiyatga ega hujjatlarni ishlab chiqish,…

Hamkorlikning keyingi bosqichlari kelishib olindi

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov videoaloqa orqali britaniyalik tarixchi olima va teleboshlovchi Bettani Xyuz bilan muloqot o‘tkazdi. Avval xabar berganimizdek, mazkur muallif jamoasi bilan hamkorlikda “UZBEKISTAN THE GOLDEN ROAD” (O‘zbekiston – oltin yo‘l) nomli hujjatli film tayyorlangan edi. Film shu yil 18 oktabr kuni praym-taym vaqtida Buyuk Britaniyaning “Channel 4” telekanalida namoyish…

Davlat investitsiyalarining shaffofligini ta’minlash choralari muhokama qilindi

Toshkent shahrida strategik rivojlanish va boshqaruv jarayonlarida ma’lumotlar rolini oshirish masalalari muhokamasi bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.   Tadbir ishtirokchilari zamonaviy strategik rejalashtirish vositalarini joriy etish, davlat investitsiyalarini samarali boshqarish hamda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildilar. Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi vakili boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan Geoportalni…

Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  2025 yil 6 noyabr kuni Toshkent shahrida gibrid formatda, respublika hududlari videokonferensaloqa orqali bog’langan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Kengash a’zolari, vazirlik va idoralar hamda hokimliklarning mas’ul mutasaddilari, shuningdek, tahliliy markazlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat…

Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimining yangi bosqichi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mamlakatimizda islohotlar sur’ati yuqori. Barcha sohalar zamon talabi asosida rivojlantirilmoqda. Vazirlik va hokimliklarning tashabbuslari inobatga olinib, turli reja va dasturlar qabul qilinmoqda. Bu, o‘z navbatida, ularni muvofiqlashtirish, yagona mezon asosida amalga oshirish zaruratini tug‘dirdi. Shu bois, Strategik islohotlar…

Transport vositalarini boshqarish bo‘yicha yengilliklar yaratildi

Moped va skuter kabi kichik hajmli transportlar harakati, ularni boshqaruvchilardan haydovchilik guvohnomasi talab qilinishi keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan edi. Strategik islohotlar agentligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan bu masala atroflicha o‘rganilib, transport vositalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan edi. Bu choralar Hukumatning 2025 yil 25 oktyabrdagi 676-son qarori bilan amaliyotga tatbiq etildi.…

Toshkentda “Erta aniqlа – hayotni saqla” forumi boʻlib oʻtdi

2025-yil 25-oktabr kuni Toshkent shahrida “Erta aniqlа – hayotni saqla” forumi bo‘lib o‘tdi. Sut bezi va bachadon bo‘yni saratoni bilan kurashish oyligi doirasida o‘tkazilgan tadbirda onkologlar, ginekologlar, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda onkologik kasallikka chalingan ayollar – jami 500 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Forum Strategik islohotlar agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda BMTning Aholishunoslik…

Xalqaro maslahat kengashi a’zolari yurtimizning turizm salohiyati bilan tanishdi

Xalqaro maslahat kengashi a’zolari – Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule mamlakatimiz hududlarida bo‘lib, turizm salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Ular dastlab Samarqandga tashrif buyurib, tarixiy-madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor maskanlarni tomosha qildi. Hududdagi turizm infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini ko‘zdan kechirdi. Kengash a’zolari Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboev bilan uchrashdi. Ularga hududda turizmni…