«Strategik rejalashtirish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining Qonun ustuvorligini ta’minlash va xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi doirasida Strategik islohotlar agentligi tomonidan “Strategik rejalashtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha strategik rejalashtirishning mexanizmlarini joriy etish hamda davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini baholashning kompleks tizimini yaratishni nazarda tutadi. Ushbu…

Joriy yildagi hamkorlik natijalari va 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi

Bugun Strategik islohotlar agentligida Agentlik direktori Baxodir Raxmatov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv hamda xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muhokamaning asosiy mavzusi 2024-yilda maslahatchi ofisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijalari va 2025-yilga mo‘ljallangan istiqbolli yo‘nalishlar bo‘ldi. Xususan, S.Chakrabarti ofisi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish…