INNO Technopark negizida «Точка притяжения» markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkentdagi «INNO» innovatsion o’quv-ishlab chiqarish texnoparkida birinchi “Точка притяжения” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu markaz INNO Technopark negizida joylashib, ilmiy va innovatsion salohiyatni rivojlantirishda muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda. Ochilish marosimida Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari A. Abduqodirov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh. Daliev, Skolkovo fan va…