“Mamlakat Platformasi”ning 4-davra suhbati: ta’lim, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va kasb-hunar ta’limi masalalari muhokama qilindi

Bugun Toshkent shahrida vazirlik va idoralar hamda xalqaro rivojlanish bo‘yicha hamkorlarning 90 dan ortiq vakillari ishtirokida O‘zbekiston Mamlakat Platformasining 4-davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ta’lim, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda kasb-hunar ta’limi sohalaridagi muhim islohotlar bo‘yicha erishilgan yutuqlar muhokama qilindi. Ushbu islohotlar mehnat bozori ehtiyojlariga mos ishchi kuchini tayyorlash va “O‘zbekiston–2030” strategiyasini ilgari surishda muhim ahamiyatga…

24/7 ko‘chalarini tashkil etish mezonlari hamda O‘zbekiston shaharlaridagi ko‘chalar salohiyati o‘rganildi

Strategik islohotlar agentligi tomonidan tungi iqtisodiyetni rivojlantirish doirasida chet el mamlakatlarida 24/7 ko‘chalarini tashkil etish mezonlari o‘rganildi. Chet elda 24/7 ko‘chalari 3 xil shaklda tashkil etilgan va ixtisoslashgan: birinchisi, savdo, ko‘ngilochar va turistlar uchun xizmat ko‘rsatishning klaster shakli; Nyu-Yorkning “42”, Sidneyning Paddington hamda Londonning Soho, Tokioning Ebisu ko‘chalari tungi dam olish xizmatlarining yuqori darajada klasterlanishiga…

Ijtimoiy soha obyektlarini inventarizatsiya qilish metodikasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Strategik islohotlar agentligida bir qator vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida respublika bo‘yicha ijtimoiy soha obyektlarini inventarizatsiya qilish metodikasining muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda shuningdek Buxoro viloyatida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini aniqlash va ijtimoiy obyektlarni inventarizatsiya qilish bo‘yicha pilot loyiha natijalarini taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur yo‘nalishdagi asosiy vazifalardan biri barcha…

Strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi: 2024 yil mart-noyabr oylarida belgilangan vazifalar ijrosi

Davlatimiz Rahbariga 2024-yil 4-martdagi PQ–109-sonli qaror bilan tasdiqlangan 2024-yilda strategik yo‘nalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasida joriy yilning mart-noyabr oylarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan axborot berildi. Axborot davomida Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq hisobot davrida 17 ta qonun, 8 ta Prezident farmoni va 16 ta qarori, 19 ta Hukumat qarori, 11 ta chora-tadbirlar dasturlari (jami 71 ta) ishlab chiqilishi belgilanganligi, bugungi kunda 44 ta…