Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ”Davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi. Mazkur farmoyish bilan:
1) 2026 yil 1 yanvardan boshlab “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi amalga oshiriladi. Dasturda 4 ta asosiy vazifa belgilab berildi.
2) “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish maqsadida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi huzurida loyiha ofisi tashkil etildi hamda 3 ta asosiy vazifa qo‘yildi.
Xususan, mazkur Dastur doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritiladi;
3) byurokratiyani bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish, bu boradagi ishlarning samaradorligini baholash Strategik rivojlanish va islohotlar agentligining “Zero Bureaucracy” raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi;
4) har yili “Byurokratiyani bartaraf etish” milliy mukofot tanlovi o‘tkazib boriladi.






