№ | Korxonalar nomi: | Yagona aksiyador qaror loyihalar soni: | Aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga (Yagona aksiyadori) kun tartibiga kiritilgan masalalar soni: | Kun tartibidagi qabul qilingan qarorlar soni: |
1. | «Navoiy KMK» AJ* | – | – | – |
2. | “Navoiyuran” DK | 1 | 1 | 2 |
3. | «Olmaliq KMK» AJ | 3 | 4 | 17 |
4. | «Oʻzmetkombinat» AJ | 2 | 15 | 17 |
5. | «Oʻzbekneftgaz» AJ | 6 | 11 | 19 |
6. | «Oʻztransgaz» AJ* | – | – | – |
7. | «Hududgaztaʼminot» AJ | 4 | 15 | 24 |
8. | “UzGasTrade” AJ | 3 | 4 | 12 |
9. | “Oʻzbekiston MET” AJ | 4 | 10 | 24 |
10. | “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ | 4 | 10 | 23 |
11. | “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ | 4 | 15 | 24 |
12. | «Oʻzbekgidroenergo» AJ | 3 | 14 | 18 |
13. | «Oʻzkimyosanoat» AJ | 10 | 29 | 52 |
14. | “Navoiyazot” AJ | 4 | 12 | 21 |
15. | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ | 2 | 2 | 8 |
16. | “Uzbekistan airways” AJ | 6 | 11 | 19 |
17. | “Uzbekistan Airports” AJ | 1 | 1 | 3 |
18. | «Toshshahartransxizmat» AJ* | 1 | 1 | 4 |
19. | «Oʻzavtosanoat» AJ | 4 | 15 | 22 |
20. | «Oʻzbektelekom» AJ | 1 | 15 | 23 |
21. | “Oʻzbekiston pochtasi” AJ | 1 | 11 | 24 |
22. | «Oʻzbekkoʻmir» AJ* | – | – | – |
23. | «Agrobank» ATB | 1 | 16 | 17 |
24. | «Asakabank» ATB | 1 | 13 | 14 |
25. | «Oʻzsanoatqurilishbank» ATB | 1 | 21 | 22 |
26. | AT “Xalq banki” | 2 | 17 | 29 |
27. | «Turonbank» ATB | 1 | 21 | 21 |
28. | «Qishloqqurilishbank» ATB | 1 | 13 | 20 |
29. | «Aloqabank» ATB* | – | – | – |
30. | «Oʻzmilliy bank» ATB | 3 | 18 | 22 |
31. | «Mikrokreditbank» ATB | 1 | 12 | 23 |
32. | «Uzassets» AJ | 2 | 4 | 10 |
Jami | 77 | 330 | 534 |
2023-yil 18-avgust holatiga koʻra Strategik islohotlar agentligi (Aksiyador) tomonidan unga aksiyadorlik huquqi berilgan 22 korxona va 9 davlat banki faoliyatida korporativ boshqarish amaliyotlariga tegishli boʻlgan jami 77 ta umumiy qaror qabul qilingan.
Ana shu qarorlar jumlasida, jami boʻlib 330 ta kun tartibiga kiritilgan masalalar koʻrib chiqildi, hamda ushbu masalalarni hal qilish boʻyicha 534 ta aksiyador faoliyatiga tegishli joriy qarorlar qabul qilindi.
Qarorlarning aksariyati belgilangan tartibda ustav fondini oshirish yoki kamaytirish, tashqi audit xulosalari, sof foydani taqsimlash, Boshqaruv aʼzolarini oʻzgartirish, Uzoq muddatli strategiyalarni qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash, Biznes-rejalarni tasdiqlash, va boshqa shu kabi masalalar yuzasidan qabul qilingan.
Bundan tashqari, 22 jamiyatda 2022-yil yakunlari boʻyicha hisobotlar tasdiqlangan. Qolgan jamiyatlarda mahalliy va tashqi auditorlar hisobotlari hanuzgacha tayyor boʻlmagani sababli 2022-yil yakunlari koʻrib chiqilmagan va tasdiqlanmagan (Navoiy KMK AJ, Uztransgaz AJ, Oʻzbekkoʻmir AJ shular jumlasidan).
Barcha 31 korxona va banklarning 2023-yil biznes rejalari koʻrib chiqilib, ular ichida 16 tasiga biznes rejalarni qayta ishlab chiqish va tegishli boshqaruv organlarida qayta tasdiqlash tavsiya etilgan.
Mamlakat iqtisodiyotida eng yuqori salohiyatga ega boʻlgan Hissadorlik jamiyatlari boshqaruviga va kuzatuv kengashlariga “Aksiyadorning kutilmalari” belgilangan mantiqiy tizim asosida yuborilgan.
- Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil yil 18-avgustdagi PQ-283 qaroriga muvofiq Strategik islohotlar agentligiga 2023-yil 1-mart PQ-83 asosida oʻtkazilgan aktivlar qayta Iqtisodiyot va moliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazildi va ushbu aktivlarni transformatsiya qilish funksiyalari ham Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuklantirildi.
2023-yil 22-avgust holatiga koʻra 2023-yil 1-mart PQ-83 da koʻrsatilgan aktivlarning SIAga ixtiyorida qolgan qismini Iqtisodiyot va moliya vazirligining Markaziy depozitariydagi depo schetlariga oʻtkazish boʻyicha umumiy topshiriqqa imzo chekildi va aktivlar rasman Iqtisodiyot va moliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazildi.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Strategik islohotlar agentligi 2023-yil 1-mart PQ-83 da koʻrsatilgan barcha davlat korxonalari va banklar kuzatuv kengashlari va boshqaruv aʼzolariga, korporativ boshqaruvga aloqasi boʻlgan mutaxassislarga oxirgi 5 oy davomida korxonalar transformatsiyasi yoʻlidagi Agentlik bilan birgalikda olib borilgan faoliyat uchun minnatdorchilik bildiradi va ularning kelajakdagi faoliyatida omadlar tilaydi.