Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tomonidan respublikamizda strategik ahamiyatga ega 31 ta aksiyadorlik jamiyatlari va davlat korxonalarining 2022-yil hamda 2023-yilning 1-yarim yilligidagi aktivlari harakati va holati operativ maʼlumotlar asosida tahlil qilindi.
- Foyda va zarar
Tegishli hisobot davrlarida strategik ahamiyatga ega 31 ta aksiyadorlik jamiyatlari va davlat korxonalari (strategik korxonalari)ning 25 tasi sof foyda hamda 6 ta davlat korxonasi zarar bilan faoliyatini yakunlagan (1–2-jadvallar).
2022-yilda faoliyatini sof foyda bilan yakunlagan strategik korxonalarning yuqori 5 taligidan “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzmilliybank” AJ (2023-yilning 1-yarim yillik natijasiga koʻra “Oʻzmilliybank” AJ yuqori 5 talikdan oʻrnini “Oʻztransgaz” AJ boʻshatib bergan) oʻrin egallagan. Yuqori 5 talikka kirgan korxonalarning 31 ta strategik korxonalar tomonidan olingan jami sof foydadagi ulushi qariyb 70 foizidan ortiqni tashkil etadi.
Oʻz navbatida, 2022-yil hamda 2023-yilning 1-yarim yillik yakuni bilan 25 ta strategik korxonalar ichidan eng koʻp sof foyda “Navoiy KMK” AJ tomonidan ishlab topilgan. Bunda, 2022-yilda 25 ta strategik korxonalar tomonidan olingan sof foydaning 36,2 foizi (15,4 trln soʻm) “Navoiy KMK” AJga toʻgʻri keladi. 2023-yilning 1-yarim yilligida bu koʻrsatkich 34,5 foiz (7,8 trln soʻm)ni tashkil qilgan.
Shu bilan birga, tegishli hisobot davrida 6 ta davlat korxonasi oʻz faoliyatini zarar bilan yakunlagan boʻlsa, shundan 5 ta korxona ikkita hisobot davrida ketma-ket zarar bilan chiqqan. Ular qatoriga “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “UzGasTrade” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Toshshahartransxizmat” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ kirgan (1–2-jadvallar).
Bunda, 2022-yil yakunida eng yirik zarar bilan chiqqan korxona “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hisoblanib, 2022-yilda 4,3 trln soʻm (jami zarardagi ulushi 36,4 foiz) va 2023-yilning 1-yarmida qariyb 1,5 trln soʻm (jami zarardagi ulushi 21,9 foiz) zarar bilan chiqqan.
- Ishchilar
Davlat korxonalarixodimlarining soni 2023-yil 1-yanvar holatiga 424,0 ming hamda 2023-yilning 1-iyul holatiga 417,6 mingni tashkil qilgan. Oʻz navbatida, oʻtgan hisobot davriga nisbatan 6 419 ta xodimlar soni kam boʻlgan (3-jadval).
Bunda, eng koʻp ishchi xodimlar oʻrni qisqarishi va/yoki boʻsh vakantlar hisobiga “Oʻzmetkombinat” (17,2% yoki 1 991 ta), “Xalq banki” ATB (8,3% yoki 744 ta), “Olmaliq KMK” AJ (3,4% yoki 1 150 ta), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (3,4% yoki 2 616 ta), “Oʻzbekneftgaz” AJ (3,1% yoki 1 060 ta) toʻgʻri kelgan.
Shu bilan birga, quyida korxonalar tomonidan oʻtgan hisobot davriga nisbatan yangi ish oʻrinlar yaratilishi va/yoki boʻsh vakantlar toʻldirilishi hisobiga qoʻshimcha xodimlar jalb qilingan, jumladan: “Toshshahartransxizmat” AJ (29,5% yoki 1 617 ta), “UzGasTrade” AJ (9,5% yoki 7 ta), “Aloqabank” ATB (9,5% yoki 154), “Navoiyuran” DK (9,5% yoki 259), “Qishloq qurilish bank” ATB (2,9% yoki 154) hamda “Uzbekistan Airports” AJ (1,9% yoki 138).
III. Aktivlar
Strategik korxonalarning 2023-yilning 1-iyul holatiga jami aktivlari 1 045,3 trln soʻmni tashkil qilib, 2023-yilning 1-yanvariga nisbatan 4,3% (44,8 trln soʻm) ga oshgan (4-jadval).
Biroq, oʻtgan davrga nisbatan 10 yaqin davlat korxonalarining aktivlari aksincha kamayish tendensiyasiga ega boʻlgan, jumladan “Oʻzbekneftegaz” AJ aktivlari 7,1 trln soʻm (6,4%), “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ – 4,3 trln soʻm (9,3%), “Uzbekistan Airports” AJ – 3,7 trln soʻm (22,1%), “Oʻzmilliy bank” AJ – 3,2 trln soʻm (2,8%), “Asakabank” ATB – 2,8 trln soʻm (5,8%), “Hududgaztaʼminot” AJ – 0,6 trln soʻm (4,9%), “Navoiyazot” AJ – 0,4 trln soʻm (2,3%) ga qisqargan.
Shuningdek, hisobot davrida barcha davlat korxonalarining sof aktivi 5 foizga (18,5 trln soʻm) oʻsishi kuzatilgan, jumladan 2023-yilning 1-yanvar holatiga sof aktivlar 352,8 trln soʻm, 2023-yilning 1-iyul holatiga – 371,3 trln soʻmni tashkil qilgan.
Bunda, sof aktivlar oʻsishi qayd etilgan yuqori 5 talikdan quyidagi davlat korxonalari joy olgan: “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (6,0 trln soʻm yoki 36,3%, lekin jami aktivlari qisqargan), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (3,6 trln soʻm yoki 27,2%), “Navoiy KMK” AJ (4,6 trln soʻm yoki 19,4%), “Olmaliq KMK” AJ (3,5 trln soʻm yoki 17,7%) va “Navoiyuran” DK (0,9 trln soʻm yoki 17,5%).
Oʻz navbatida, sof aktivlar kamayishi qayd etilgan yuqori 5 talikdan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (1,5 trln soʻm yoki 127,3%), “UzGasTrade” AJ (2,6 trln soʻm yoki 39,8%), “Asakabank” ATB (3,2 trln soʻm yoki 7,1%), “Toshshahartransxizmat” AJ (36,8 mlrd soʻm 6,4%), “Uzbekistan Airways” AJ (197,9 mlrd soʻm yoki 2,6%) va “Hududgaztaʼminot” AJ (20,4 mlrd soʻm yoki 1,0%) joy olgan.
P.S. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ–283-son qaroriga muvofiq Strategik islohotlar agentligiga 2023-yil 1-martdagi PQ–83-son qarori asosida oʻtkazilgan aktivlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tasarrufiga qayta oʻtkazildi va ushbu aktivlarni transformatsiya qilish funksiyalari ham mazkur vazirlikka yuklandi.
1-jadval
2022-yilda faoliyatini sof foyda yoki zarar bilan yakunlagan davlat korxonalari toʻgʻrisida maʼlumot
T/r | Korxonalar nomi | Sof foyda (mlrd soʻm) | Umumiy koʻrsatkichdagi ulushi (foiz) |
Jami sof foyda | 42 535,90 | 100,0% | |
1 | “Navoiy KMK” AJ | 15 392,70 | 36,2% |
2 | “Olmaliq KMK” AJ | 6 672,60 | 15,7% |
3 | “Oʻzavtosanoat” AJ | 3 131,50 | 7,4% |
4 | “Oʻzbekneftgaz” AJ | 2 853,00 | 6,7% |
5 | “Oʻzmilliybank” AJ | 2 409,60 | 5,7% |
6 | “Navoiyuran” DK | 2 077,70 | 4,9% |
7 | “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ | 1 815,10 | 4,3% |
8 | “Oʻzkimyosanoat” AJ | 1 555,30 | 3,7% |
9 | “Navoiyazot” AJ | 1 253,10 | 2,9% |
10 | “Oʻzmetkombinat” AJ | 1 240,70 | 2,9% |
11 | “Oʻzbekgidroenergo” AJ | 991,20 | 2,3% |
12 | “Agrobank” ATB | 609,2 | 1,4% |
13 | “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB | 588,9 | 1,4% |
14 | “Uzbekistan Airports” AJ | 539,6 | 1,3% |
15 | “Qishloqqurilishbank” ATB | 437,5 | 1,0% |
16 | “Aloqabank” ATB | 228,4 | 0,5% |
17 | “Oʻzbektelekom” AJ | 226,9 | 0,5% |
18 | “Hududgaztaʼminot” AJ | 200 | 0,5% |
19 | “Uzbekistan airways” AJ | 101,2 | 0,2% |
20 | “Asakabank” ATB | 73,2 | 0,2% |
21 | “Oʻzbekkoʻmir” AJ | 55,5 | 0,1% |
22 | “Turonbank” ATB | 52,9 | 0,1% |
23 | “Mikrokreditbank” ATB | 21,3 | 0,05% |
24 | AT “Xalq banki” | 8 | 0,02% |
25 | “Oʻzbekiston pochtasi” AJ | 0,8 | 0,00% |
Jami zarar | -11 911,50 | 100,0% | |
26 | “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ | -4 340,00 | 36,4% |
27 | “UzGasTrade” AJ | -3 957,20 | 33,2% |
28 | “Oʻztransgaz” AJ | -2 168,40 | 18,2% |
29 | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ | -1 172,00 | 9,8% |
30 | “Toshshahartransxizmat” AJ | -155,4 | 1,3% |
31 | “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ | -118,5 | 1,0% |
Hammasi (sof foyda/zarar) | 30 624,40 |
2-jadval
2023-yilning 1-yarim yilligida faoliyatini sof foyda yoki zarar bilan yakunlagan davlat korxonalari toʻgʻrisida maʼlumot
T/r | Korxonalar nomi | Sof foyda (mlrd soʻm) |
Umumiy koʻrsatkichdagi ulushi (foiz) |
Jami sof foyda | 22 549,1 | 100,0% | |
1 | “Navoiy KMK” AJ | 7 788,5 | 34,5% |
2 | “Olmaliq KMK” AJ | 3 531,7 | 15,7% |
3 | “Oʻzbekneftgaz” AJ | 2 415,0 | 10,7% |
4 | “Oʻztransgaz” AJ | 1 854,8 | 8,2% |
5 | “Oʻzavtosanoat” AJ | 1 389,2 | 6,2% |
6 | “Navoiyuran” DK | 1 222,0 | 5,4% |
7 | “Oʻzmilliybank” AJ | 1 193,6 | 5,3% |
8 | “Oʻzbekgidroenergo” AJ | 572,7 | 2,5% |
9 | “Oʻzmetkombinat” AJ | 489,6 | 2,2% |
10 | “Oʻzkimyosanoat” AJ | 399,9 | 1,8% |
11 | “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB | 396,6 | 1,8% |
12 | “Navoiyazot” AJ | 246,2 | 1,1% |
13 | “Uzbekistan Airports” AJ | 207,1 | 0,9% |
14 | “Aloqabank” ATB | 201,3 | 0,9% |
15 | “Asakabank” ATB | 140,3 | 0,6% |
16 | AT “Xalq banki” | 129,5 | 0,6% |
17 | “Hududgaztaʼminot” AJ | 102,8 | 0,5% |
18 | “Qishloqqurilishbank” ATB | 73,8 | 0,3% |
19 | “Oʻzbektelekom” AJ | 68,8 | 0,3% |
20 | “Uzbekistan airways” AJ | 49,8 | 0,2% |
21 | “Agrobank” ATB | 30,3 | 0,1% |
22 | “Turonbank” ATB | 28,7 | 0,1% |
23 | “Mikrokreditbank” ATB | 10,3 | 0,05% |
24 | “Oʻzbekkoʻmir” AJ | 6 | 0,03% |
25 | “Oʻzbekiston pochtasi” AJ | 0,6 | 0,00% |
Jami zarar | -6 677,40 | 100,0% | |
26 | “UzGasTrade” AJ | -2 693,1 | 40,3% |
27 | “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ | -1 461,9 | 21,9% |
28 | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ | -1 172,0 | 17,6% |
29 | “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ | -1 066,3 | 16,0% |
30 | “Toshshahartransxizmat” AJ | -222,3 | 3,3% |
31 | “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ | -61,8 | 0,9% |
Hammasi (sof foyda/zarar) | 15 871,70 |
3-jadval
Davlat korxonalarining ishchi xodimlari soni toʻgʻrisida maʼlumot
T/r | Korxonalar nomi | 2023-yil 01.01.2023 holatiga ishchi xodimlar soni | 2023-yil 01.07.2023 holatiga ishchi xodimlar soni | Farqi | |
Miqdor | Foizda | ||||
1 | “Oʻzmetkombinat” AJ | 11 434 | 10 703 | -731 | -6,4 |
2 | AT “Xalq banki” | 9 655 | 8 911 | -744 | -8,3 |
3 | “Olmaliq KMK” AJ | 34 987 | 33 837 | -1 150 | -3,4 |
4 | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ | 79 707 | 77 091 | -2 616 | -3,4 |
5 | “Oʻzbekneftgaz” AJ | 35 551 | 34 491 | -1 060 | -3,1 |
6 | “Hududgaztaʼminot” AJ | 16 847 | 16 386 | -461 | -2,8 |
7 | “Oʻzbekkoʻmir” AJ | 5 988 | 5 836 | -152 | -2,6 |
8 | “Oʻzavtosanoat” AJ | 31 016 | 30 260 | -756 | -2,5 |
9 | “Oʻzbekiston pochtasi” AJ | 7 702 | 7 608 | -94 | -1,2 |
10 | “Navoiyazot” AJ | 8 724 | 8 635 | -89 | -1 |
11 | “Oʻztransgaz” AJ | 5 199 | 5 166 | -33 | -0,6 |
12 | “Agrobank” ATB | 6 770 | 6 762 | -8 | -0,1 |
13 | “Toshshahartransxizmat” AJ | 3 859 | 5 476 | 1 617 | 29,5 |
14 | “UzGasTrade” AJ | 67 | 74 | 7 | 9,5 |
15 | “Aloqabank” ATB | 1 558 | 1 712 | 154 | 9 |
16 | “Navoiyuran” DK | 8 372 | 8 631 | 259 | 3 |
17 | “Qishloqqurilishbank” ATB | 2 759 | 2 842 | 83 | 2,9 |
18 | “Uzbekistan Airports” AJ | 7 157 | 7 295 | 138 | 1,9 |
19 | “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB | 3 759 | 3 824 | 65 | 1,7 |
20 | “Mikrokreditbank” ATB | 3 394 | 3 451 | 57 | 1,7 |
21 | “Asakabank” ATB | 2 170 | 2 189 | 19 | 0,9 |
22 | “Oʻzbektelekom” AJ | 16 891 | 17 017 | 126 | 0,7 |
23 | “Turonbank” ATB | 1 448 | 1 455 | 7 | 0,5 |
24 | “Oʻzmilliybank” AJ | 5 940 | 5 968 | 28 | 0,5 |
25 | “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ | 25 736 | 25 841 | 105 | 0,4 |
26 | “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ | 7 561 | 7 591 | 30 | 0,4 |
27 | “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ | 4 068 | 4 083 | 15 | 0,4 |
28 | “Navoiy KMK” AJ | 46 629 | 46 654 | 25 | 0,1 |
29 | “Oʻzkimyosanoat” AJ | 22 720 | 22 720 | 0 | 0 |
30 | “Uzbekistan airways” AJ | 2 217 | 2 217 | 0 | 0 |
31 | “Oʻzbekgidroenergo” AJ | 2 042 | 2 042 | 0 | 0 |
Jami: | 421 927 | 416 768 | -5 159 |
4-jadval
Davlat korxonalarining jami aktivlari va sof aktivlari toʻgʻrisida maʼlumot
T/r | Korxonalar nomi | 2022-yil | 2023-yilning 1-yarim yilligi | Farq (+;-) | |||||||
Jami aktivlar | Sof aktivlar | Umumiy koʻrsatkichdagi ulush, % | Jami aktivlar | Sof aktivlar | Umumiy koʻrsatkichdagi ulush, % | Jami aktivlar | Sof aktivlar | ||||
(koʻpaygan yoki kamaygan aktivlar) summasi | % | (koʻpaygan yoki kamaygan aktivlar) summasi | % | ||||||||
1 | “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB | 64 263,8 | 62 214,9 | 96,8 | 66 125,3 | 63 745,4 | 96,4 | 1 861,5 | 2,8 | 1 530,5 | 2,4 |
2 | “Oʻzbekneftgaz” AJ | 118 901,0 | 59 387,0 | 49,9 | 111 762,4 | 59 758,7 | 53,5 | -7 138,6 | -6,4 | 371,7 | 0,6 |
3 | “Asakabank” ATB | 51 180,4 | 47 528,0 | 92,9 | 48 367,4 | 44 368,4 | 91,7 | -2 813,0 | -5,8 | -3 159,6 | -7,1 |
4 | “Qishloqqurilishbank” ATB | 27 766,1 | 24 822,3 | 89,4 | 44 512,8 | 25 158,2 | 56,5 | 16 746,7 | 37,6 | 335,9 | 1,3 |
5 | “Navoiy KMK” AJ | 122 905,1 | 19 094,7 | 15,5 | 127 376,8 | 23 696,3 | 18,6 | 4 471,7 | 3,5 | 4 601,6 | 19,4 |
6 | “Olmaliq KMK” AJ | 46 115,9 | 16 388,1 | 35,5 | 50 551,1 | 19 905,3 | 39,4 | 4 435,2 | 8,8 | 3 517,2 | 17,7 |
7 | “Oʻzmilliybank” AJ | 119 918,1 | 16 377,6 | 13,7 | 116 685,1 | 17 571,2 | 15,1 | -3 233,0 | -2,8 | 1 193,6 | 6,8 |
8 | “Oʻzavtosanoat” AJ | 51 625,8 | 14 033,5 | 27,2 | 51 524,5 | 14 702,4 | 28,5 | -101,3 | -0,2 | 668,9 | 4,5 |
9 | “Uzbekistan Airports” AJ | 20 442,6 | 13 450,5 | 65,8 | 16 738,3 | 13 561,0 | 81,0 | -3 704,3 | -22,1 | 110,5 | 0,8 |
10 | “Turonbank” ATB | 12 880,5 | 12 451,1 | 96,7 | 13 209,0 | 12 743,7 | 96,5 | 328,5 | 2,5 | 292,6 | 2,3 |
11 | “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ | 50 339,1 | 10 488,0 | 20,8 | 46 059,3 | 16 471,2 | 35,8 | -4 279,8 | -9,3 | 5 983,2 | 36,3 |
12 | “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ | 10 052,0 | 9 644,6 | 95,9 | 28 316,9 | 13 250,2 | 46,8 | 18 264,9 | 64,5 | 3 605,6 | 27,2 |
13 | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ | 33 086,1 | 9 204,1 | 27,8 | 33 086,1 | 9 204,1 | 27,8 | 0,0 | 0,0 | 0,0 | 0,0 |
14 | “Uzbekistan airways” AJ | 18 027,0 | 7 766,3 | 43,1 | 18 422,6 | 7 568,4 | 41,1 | 395,6 | 2,1 | -197,9 | -2,6 |
15 | “Oʻzkimyosanoat” AJ | 13 928,5 | 7 179,8 | 51,5 | 14 525,5 | 7 426,2 | 51,1 | 597,0 | 4,1 | 246,4 | 3,3 |
16 | “Oʻzbekgidroenergo” AJ | 9 696,2 | 5 966,6 | 61,5 | 10 172,3 | 5 976,1 | 58,7 | 476,1 | 4,7 | 9,5 | 0,2 |
17 | AT “Xalq banki” | 31 671,9 | 5 319,2 | 16,8 | 34 542,3 | 5 363,6 | 15,5 | 2 870,4 | 8,3 | 44,4 | 0,8 |
18 | “Navoiyuran” DK | 4 556,2 | 4 329,2 | 95,0 | 5 597,3 | 5 250,3 | 93,8 | 1 041,1 | 18,6 | 921,1 | 17,5 |
19 | “Oʻzmetkombinat” AJ | 10 610,8 | 3 895,8 | 36,7 | 10 610,8 | 3 895,8 | 36,7 | 0,0 | 0,0 | 0,0 | 0,0 |
20 | “Mikrokreditbank” ATB | 16 782,5 | 3 643,9 | 21,7 | 17 980,0 | 3 654,3 | 20,3 | 1 197,5 | 6,7 | 10,4 | 0,3 |
21 | “Navoiyazot” AJ | 17 579,0 | 3 161,0 | 18,0 | 17 178,0 | 3 633,0 | 21,1 | -401,0 | -2,3 | 472,0 | 13,0 |
22 | “Oʻzbektelekom” AJ | 8 433,1 | 2 468,5 | 29,3 | 9 820,0 | 2 455,4 | 25,0 | 1 386,9 | 14,1 | -13,1 | -0,5 |
23 | “Hududgaztaʼminot” AJ | 12 479,5 | 2 021,8 | 16,2 | 11 896,8 | 2 001,4 | 16,8 | -582,7 | -4,9 | -20,4 | -1,0 |
24 | “Aloqabank” ATB | 16 083,6 | 1 795,3 | 11,2 | 16 708,3 | 2 086,1 | 12,5 | 624,7 | 3,7 | 290,8 | 13,9 |
25 | “Oʻzbekkoʻmir” AJ | 2 377,2 | 856,3 | 36,0 | 2 369,7 | 884,7 | 37,3 | -7,5 | -0,3 | 28,4 | 3,2 |
26 | “Toshshahartransxizmat” AJ | 1 125,9 | 613,4 | 54,5 | 3 446,3 | 576,6 | 16,7 | 2 320,4 | 67,3 | -36,8 | -6,4 |
27 | “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ | 15 400,3 | 332,5 | 2,2 | 15 697,3 | -1 219,7 | -7,8 | 297,0 | 1,9 | -1 552,2 | 127,3 |
28 | “Oʻzbekiston pochtasi” AJ | 260,9 | 130,0 | 49,8 | 277,5 | 128,8 | 46,4 | 16,6 | 6,0 | -1,2 | -0,9 |
29 | “Agrobank” ATB | 53 068,0 | – | #ZNACH! | 59 104,0 | – | #ZNACH! | 6 036,0 | 10,2 | #ZNACH! | #ZNACH! |
30 | “UzGasTrade” AJ | 4 610,7 | -3 947,2 | -85,6 | 4 356,9 | -6 560,3 | -150,6 | -253,8 | -5,8 | -2 613,1 | 39,8 |
31 | “Oʻztransgaz” AJ | 34 393,2 | -7 856,3 | -22,8 | 38 327,6 | -6 004,3 | -15,7 | 3 934,4 | 10,3 | 1 852,0 | -30,8 |
Jami: | 1 000 561,0 | 352 760,5 | 35,3 | 1 045 348,2 | 371 252,5 | 35,5 |