Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Strategik rivojlanish agentligi vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.
Maʼlumot uchun: Strategik rivojlanish agentligi IHTT bilan Oʻzbekistondagi vazirlik va idoralar oʻrtasidagi bogʻlovchi tuzilma boʻlib, shu bilan birga xalqaro tashkilotni ular bilan hamkorlikda amalga oshiradigan loyihalarni koordinatori hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, Investitsiya va tashqi savdo, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Moliya vazirliklari, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan loyihalar ustida ishlanmoqda.
Ameli Shurix-Rey – IHTT boshqaruvining xalqaro munosabatlar va hamkorlik boʻlimi hodimi
“Oʻzbekiston 2017-yildan boshlab toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish darajasini oshirish va xususiy sektorning iqtisodiyotga qoʻshayotgan hissasini oshirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirib kelmoqda. Islohotlar markazida tadbirkorlikning huquqiy muhitini takomillashtirish turibdi. Bular, narxlar va valyuta kursini liberallashtirish, ortiqcha litsenziyalar va ruxsatnomalarni bekor qilish, biznes–ombudsman institutini tashkil qilish, tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish va fiskal tizimni keng miqyosda optimallashtirish muhim yutuqlar qatoriga kiradi.
Ammo, shu bilan birga, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokining koʻpligi va murakkab maʼmuriy tartiblar tufayli respublikaning raqobatbardoshligi hali ham kerakli darajada emas. Shuning uchun, investitsiya siyosati (Investment Policy Review (IPR)) va mahsulotni boshqarish (mahsulot boshqaruvini koʻrib chiqish (Product Management Review (PMR)) boʻyicha tizimli baholash uchun aniq loyihalarni oʻz ichiga olgan harakatlar rejasini tuzish kerak.”
Bundan tashqari, yigʻilishda raqobatni baholash, davlat xaridlari tizimi va raqobatbardosh betaraflikni tizimli koʻrib chiqish boʻyicha tadbirlar rejasini tuzish zarurligi muhokama qilindi. Ular chora-tadbirlar rejasini Agentlik bilan birgalikda ishlab chiqilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi va IHTT oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik Memorandumiga kiritishni taklif qildilar.
Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmati