Strategik rivojlanish agentligi va Turkiya hamkorlik va koordinatsiya agentligi rahbariyati ishtirokida ikki idora oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlari boʻyicha uchrashuv oʻtkazildi.
Muhokamalar markazida boʻlajak hamkorlikning samarali bir nechta yoʻnalishlari boʻldi. Turkiya tomonidan – Oʻzbekistonning xalqaro brending strategiyasi va “Oʻzbekiston istiqboli 2040” dasturi boʻyicha Agentlikka har tomonlama har tomonlama koʻmak berib oʻtishi taʼkidlagan boʻlsa. Oʻz navbatida Agentlik vakillari Turkiya investorlariga mamlakat bozoriga kirishda yordamga shay ekanliklarini bildirib oʻtdilar.
“Oʻzbekiston Turkiya uchun tarixan muhim hamkor hisoblanadi. Mamlakat rivojlanishining hozirgi bosqichida, ayniqsa soʻnggi besh yil ichida turk kompaniyalarining Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishi bir necha bor oʻsdi. Bu esa, shubhasiz, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasidir.
Oʻylaymanki, bugun biz gapirayotgan sohalar hamkorligimizning boshlangʻich nuqtasi boʻlishi kerak. Dunyoda Turkiyaning ijobiy qiyofasini shakllantirish, ijtimoiy-iqtisodiy oʻsishning strategik maqsadlariga erishish yoʻlida biz tariximizda xatoliklarga yoʻl qoʻydik, bu esa yakuniy natijani kechiktirgan boʻlishi mumkin.
Shuning uchun siz eng yaxshi xorijiy tajribadan foydalanib, maqsadlaringizga tezroq va samaraliroq erishish uchun yaxshi imkoniyatga egasiz” – deydi TIKAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jemalitdin Tuney.
Yigʻilish kun tartibidagi yana bir masala – Oʻzbekistondagi mavjud normativ-huquqiy taʼsirni baholash tizimini tahlil qilish, uni takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish uchun texnik tomondan koʻmak va xodimlarni malakalarini oshirish boʻyicha yordam berish masalasidir.
Uchrashuvda yana bir qator muhim masalalar muhokama qilindi, unda tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishildi.
Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmati