Amerika Qoʻshma Shtatlarining xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Oʻzbekistonda iqtisodiy rivojlanish dasturlarini uchta ustuvor yoʻnalish boʻyicha kengaytirish imkoniyatlarini oʻrganmoqda: xususiy sektorning raqobatbardoshligi va diversifikatsiyasini oshirish, tabiiy resurslarni boshqarishni takomillashtirish va bozor iqtisodiyoti uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaxshilash.
Shu maqsadda USAID qulay ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishga qaratilgan ikkita yangi loyihani ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi.
Ushbu davrda Oʻzbekistonda loyihalarni amalga oshirish qanchalik samarali va zarur ekanligi vakillarning Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi rahbariyati bilan uchrashuvida muhokama qilingan masalalardir.
Xususan, xotin-qizlar va yoshlarning tadbirkorlikdagi rolini mustahkamlash, ularning ishbilarmonlik malakasini oshirish, tovarlarning samarali qiymat zanjirlarini yaratish, xizmatlar sifatini oshirish chora-tadbirlari koʻrib chiqildi.
Hamkorlik uchun taklif etilgan loyihalar dastlabki muhokama bosqichida. Tashabbuslarni amaliyotga samarali tatbiq etish oʻzaro hamkorlikning barcha sohalarida mutanosib ijobiy va salbiy tomonlari bilan takliflarni batafsil oʻrganishni talab qiladi.
Shu sababli, hamkorlik yoʻnalishlarini aniqlash va davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini tushunish uchun tomonlar va ekspertlar oʻrtasida bir qator maslahat uchrashuvlari tashkil etiladi, ularga Oʻzbekistonning tegishli vazirlik va idoralari mutaxassislari ham jalb etiladi.
Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmati