Toshkentda Oʻzbekistonni raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan raqamli savodxonlikni rivojlantirish boʻyicha ishchi guruhining ikkinchi yigʻilishi oʻtkazildi. Mazkur loyiha Oʻzbekiston hukumati va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Muhokamalar davomida mutaxassislar tomonidan dasturning dastlabki natijalari, kelgusi maqsad va vazifalariga eʼtibor berildi, shuningdek, loyihani mamlakat iqtisodiyotiga dastlabki besh yil ichida tadbiq etish masalalari koʻrib chiqildi.
Atamaning maʼnosi:
“Raqamli transformatsiya – bu bozor sharoitidagi doimiy oʻzgarishlarga tezkorlik va moslashuvchan boʻlish imkonini beradigan jarayon”.
Mutaxassislar fikri:
“Milliy iqtisodiyotni toʻliq raqamli platformaga oʻtkazish yoʻlida madaniyatni, operatsiyalarni, texnologiyalar va tamoyillarni qayta koʻrib chiqishga toʻgʻri keladi. Mazkur jarayonning boshlanishi, yaʼni kichik va oʻrta korxonalar darajasida raqamli texnologiyalarga oʻtishi mahsulotlar, xizmatlar, marketing va savdo kanallari, biznes jarayonlar, yetkazib berish zanjiri va yangi hamkorlar qidirishiga oʻz taʼsirini koʻrsatadi.”
IHTTning Oʻzbekiston bozori boʻyicha dastlabki tahlilining natijalari haqida maʼlumot:
– 2018-2020-yillar davomida Oʻzbekiston BMTning elektron hukumatning rivojlanish Indeksida olti pogʻona yuqorilab, 193 mamlakat ichida 87-oʻrinni egaladi;
– biznesda faoliyat yuritish uchun mavjud xizmatlar ichida roʻyxatga olish, litsenziyalash, QQS toʻlovi va moliyalashtirish imkoni;
– aholi oʻrtasida Axborot texnologiyalari sohasiga yetarli darajada uquv kamligi;
– mahalliy ishlab chiqaruvchilarning rasmiy veb-sayti yoʻqligi (kichik va oʻrta korxonalar oʻrtasida);
– kichik va oʻrta korxonalarning raqamli savodxonligini rivojlantirish uchun vositalarni taqdim etadigan ixtisoslashgan yoki vakolatli tashkilotning yoʻqligi.
Shu bilan birga:
- kichik va oʻrta korxonalarning raqamli rivojlanishi va oʻqish uchun davlat tomonidan imtiyozlar, kreditlar va subsidiyalarning mavjudligi;
- xorijiy IT-mutuxassislarni jalb etish uchun vizalar joriy qilingan.
Biznesning raqamli savodxonligini oshirish uchun barcha mavjud imtiyozlar va ustunliklardan foydalanishga qaratilgan IHTTning dastlabki tavsiyalari:
– aholi oʻrtasida turli formatdagi axborot kompaniyalarini oʻtkazish (OAV, ochiq eshiklar kuni, vebinarlar);
– oʻzbek korxonalarini raqamli savodxonligini baholash boʻyicha milliy baholash tizimini ishlab chiqish;
– davlat xizmatlarining barcha imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beruvchi yagona markazni tashkil etish;
– raqamli iqtisodiyot standartlarini davlat tashkilotlariga joriy qilish maqsadida xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash.
Laziz KUDRATOV – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, Strategik rivojlanish agentligi Bosh direktori:
– Korxonalarni raqamlashtirishda yuqori sifatga erishish uchun, IT-texnologiyalarni biznesga faol joriy etishni qoʻllab-quvvatlovchi institutsional bazani tashkil etishni, iqtisodiyotning turli sohalarida koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning axborot bilan taʼminlanganligini va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish vositalarini ishlab chiqishni hisobga oladigan keng qamrovli savodxonlik strategiyasi zarur. Oʻzbekiston rahbari tomonidan 2030-yilgacha tasdiqlangan rivojlanish strategiyasi aynan shu maqsadlarni belgilab bergan.
Ustuvor yoʻnalishlar qatoriga koʻrsatilgan xizmatlar hajmini 2,5 barobarga oshirish, yaʼni elektron hukumat, aholiga davlat xizmatlari, taʼlim, sogʻliqni saqlash, tibbiyot sohalarini rivojlantirish kiradi.
Yil ohirigacha olis aholi punktlarini internetga ulaydigan 6,5 mingta mobil stansiyalar oʻrnatilishi va ularning qamrov ulushini 60 foizgacha yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, u butun mamlakat boʻylab maʼlumotlar markazlarini oʻrnatish va ishga tushirish imkonini beradi.
Sharlotta ADRIAN – Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari:
– Dunyoda pandemiya havfi kamaymayotgani va bu jahon iqtisodi rivojiga jiddiy taʼsir koʻrsatishini inobatga olib, biz kichik va oʻrta biznes rivojiga alohida extibor berishimiz kerak. Zero, aynan mana shu sektor boshqa yoʻnalishlarga nisbatan katta jabr koʻrdi. Hossatan, kichik va oʻrta biznes vakillarining aʼnanaviy yetkazib berish zanjiriga salbiy taʼsir koʻrsatgan, bundan tashqari ularning hamkorlari bilan aloqalarida qiyinchiliklar vujudga kelgan. Bu yerda xususiy sektorni raqamlashtirish nuqtayi nazaridan yangi ish oʻrinlarini yaratishga eʼtibor berish muhimdir. Buning uchun raqamli koʻnikmalar va raqamli biznesni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish kerak. Oʻzbekistonda bu dastur 2020-yilda amalga oshirila boshlandi. Umid qilamizki, raqamlashtirish dasturidagi ishtirokimiz Oʻzbekistonning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi.
Uilyam Tompson – IHTTning Yevroosiyo mamlakatlari bilan ishlash boʻlimi rahbari
– Muayyan bozorda yuqori sifatli alternativalarning mavjudligi biznesning raqobatbardoshligini rivojlantirishda katta rol oʻynaydi. Yaʼni, bu yerda biz raqamlashtirish dasturiga kiritiladigan bozorlarni demonopolizatsiya qilish haqida gapiramiz. Bu yerda raqamli savdo maydonchalari orqali ishlaydigan xorijiy kompaniyalar tajribasini hisobga olish kerak. Ikkinchi va juda muhim nuqta. Umuman iqtisodiyotning raqamli oʻzgarishi haqida gapirganda, siz nafaqat biznesni raqamli tizimga oʻtkazish jarayoniga eʼtibor qaratmasligingiz kerak. Bugun biz, birinchi navbatda, biznes-jarayonlar va davlat boshqaruvi jarayonlari auditi haqida gaplashishimiz, ushbu yoʻnalishdagi dolzarb muammolarni aniqlash boʻyicha bir qator vazifalarni hal qilishimiz kerak. Maqsad optimallashtirish natijalari asosida, samarali raqamli oʻzgartirish loyihasini ishga tushirish.
Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmati