Toshkent, 4-iyul, 2024-yil – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Yevropa Ittifoqi ko‘magida tashkil etilgan O‘zbekiston Mamlakat Platformasining 2-davra suhbati O‘zbekistondagi islohotlar dasturini muhokama qilish va qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha 80 dan ortiq hukumat hamkorlari va xalqaro institutlarni birlashtirdi. Tadbir ishtirokchilari “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining qishloq xo‘jaligi, energetika xavfsizligi va qonun ustuvorligi kabi ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlovchi 13 ta tarmoq ishchi guruhi doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshchiligida Yevropa Ittifoqi Kotibiyati yordami bilan tashkil etilayotgan Mamlakat Platformasi yig‘ilishlar samarali muvofiqlashtirilgan hamkorlik orqali strategik rivojlanishda koʻmaklashish, mamlakat iqtisodiyotining barqaror oʻsishini taʼminlash uchun xalqaro tajriba, resurslarni toʻgʻri safarbar etish hamda texnik yordam berishdan iborat. Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov o‘zining kirish so‘zida quyidagilarni qayd etdi: “Mamlakatimizda har bir sohasida rivojlanish bo‘yicha hamkorlar va hukumat o‘rtasidagi konstruktiv hamkorlik Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab qo‘yilgan islohotlarning ustuvor maqsadlariga erishishni ta’minlaydi, bu esa barchaga yanada farovon va barqaror kelajakni yaratishni belgilab beradi. Strategik islohotlar agentligi vazirlik va idoralarning rivojlanish bo‘yicha hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirishda, Prezidentimizning PQ-109-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlashda va umuman, davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik va mas’uliyatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi”.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zoligini qo‘llab-quvvatlash, hukumatning 2026-yilgacha JSTga a’zo bo‘lish kabi hukumat maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashda muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlarning ahamiyati muhokama qildilar.
Joriy yilning may oyida Mamlakat Platformasining qo‘llab-quvvatlash funktsiyalari Jahon bankidan Yevropa Ittifoqi zimmasiga topshirildi, va ushbu jarayon 2025-yil oxirigacha davom etadi. Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adriaen: “Yevropa Ittifoqining Mamlakat Platformasiga hamrais bo‘lishi hamda O‘zbekiston hukumati va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar o‘rtasida ushbu mexanizmning ochiq muloqotga, shuningdek, hamkorlik va kooperatsiyalashuv maydoniga aylantirish sharafiga erishdi. Bizning umumiy maqsadimiz – O‘zbekistonni islohotlar yo‘lida qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Platforma – bu birgalikda sa’y harakatlarni birlashtirish, birgalikda yondashish, farovonlik, barqaror rivojlanish va hech kimni ortda qoldirmaslik imkoniyatidir”, – deb ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida hukumat va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar O‘zbekiston xalqi manfaati yo‘lida o‘z vaqtida islohotlarni ilgari surish maqsadida Kotibiyatga ish rejalarini taqdim etish, muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlash va axborot almashinuvini ta’minlashga kelishib oldilar.