Strategik islohotlar agentligi tomonidan tayyorlangan va Davlat Rahbari tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-198-son “Tarkibiy islohotlarni amalga oshirishda ekspertlik ko‘magi samaradorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.
Qarorga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan xorijiy konsultant va ekspertlarni jalb etish jarayonini muvofiqlashtiruvchi organ etib Strategik islohotlar agentligi belgilandi.
Shuningdek, qarorda xorijiy konsultant va ekspertlarni jalb qilish tartibi, ular qo‘yiladigan talablar o‘rnatildi. Bundan tashqari, mazkur qaror bilan Tarkibiy islohotlarni samarali amalga oshirish uchun xorijiy konsultant va ekspertlarni jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qaror bilan to’liq tanishish uchun: ПҚ-198