Avvallari “millionli shahar” deb aholisining soni 1 milliondan oshgan shaharlar nomlangan bo‘lsa, bugun ushbu maqom aholi sonidan qat’i nazar berilmoqda.
Bugungi kunda urbanizatsiyaning zamonaviy talablarini hisobga olgan holda, shaharning rivojlangan infratuzilmasi, texnologik yutuqlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, jamiyatning ijtimoyilik darajasi, sezilarli iqtisodiy ko‘rsatkichlar va boshqalar “millionli shahar”ni aniq mezonlari va xususiyatlarini belgilaydi.
Masalan, dunyodagi ko‘p shaharlar bu talablarga javob beradi, Xitoyda 119dan ortiq, Hindistonda – 51, Braziliyada – 17, Rossiyada – 16, Indoneziyada – 15, Yaponiyada – 12, Nigeriyada – 11, Janubiy Koreyada – 10, Turkiyada – 7 “millionli shaharlar” bor.
Xitoyning Xanchjou shaharlaridan biri ayniqsa, bunga yorqin misol bo‘lib, u megapolislar toifasiga o‘tdi (aholisi 12 million kishi, YAIM 245 milliard dollar, Chjeszyan provinsiyasining markazi). Xususan, Xanchjouning rivojlanish darajasi ko‘rsatkichlari birinchi navbatda uning aholisining imkoniyatlarini amalga oshirish va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lib, bu yerda aholi soni ko‘rsatkichi faqat “raqam” ko‘rinishida hisobga olinadi. Aynan shu mintaqa aholisi o‘z mintaqalarini rivojlantirishdan to‘liq manfaatdordir. Ushbu misolni sharhlab, tegishli rejalarni qabul qilish va ularni faqat aholi va butun jamiyat manfaatlari uchun amalga oshirishni joriy etish kerak.
Umuman olganda, shaharlarning rivojlanishi qabul qilingan strategik hujjatlarga, aniq maqsadlar va ularga erishish yo‘llarini aniqlashga, shuningdek moliyaviy resurslarni izlashga, strategik vazifalar va tarmoq, tuman, sohani rivojlantirishga qaratilgan mezonlarini aniq belgilashga bog‘liq. Shu bilan birga, asosiy element shahar rivojlanishiga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatadigan elementlarni aniqlab olish kerak. Masalan, xususiy sektorlarni mintaqani rivojlantirishga qaratilgan moliyalashtirish rejalarida ularni rag‘batlantirish, aholining eski stereotiplarni engishga tayyorligi va maqsadlarga erishish istagini tahlil qilish muhim sanaladi. Bu esa rejaning barcha “qismlari” va uni samarali amalga oshirish jarayonida yuqori ko‘rsatkichlarga erishish va mintaqani “millionli shahar”ga aylantirish imkonini beradi.
2022-yil 20-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida “Bir hayotiy haqiqatni ta’kidlamoqchiman – bugun zamon har qachongidan ham tezlashdi. Farovonlik oshgani sayin aholimizning talab va ehtiyojlari ham ortib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi pog‘onaga olib chiqish uchun boshqaruv ham, qonunchilik ham, jamiyatimiz ham o‘zgarishi kerak. Agar shunday qilmasak, muammolarni ko‘rib, ko‘rmaslikka olsak, zamondan orqada qolamiz. Xalqimiz, yosh avlodimiz bizdan rozi bo‘lmaydi. Hozirgi kunga kelib Markaziy Osiyoda aholisi milliondan ortiq shaharlar 7 taga yetdi. Mintaqamizda poytaxtlar bilan bir qatorda boshqa yirik shaharlar ham “o‘sish nuqtalari”ga aylanmoqda. Bularning orasida Samarqand va Namangan shaharlari ham bor. Ularning har birida aholi soni bir millionga yetmoqda. Ikkala shaharda ham ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda”,-deya qayd etgan edi.
Ko‘p mamlakatlarda poytaxt bilan bir qatorda yirik transport markazlari, o‘quv muassasalari, sog‘liqni saqlash muassasalari, yirik ofislar, banklar, zanjirli mehmonxonalar, diqqatga sazovor joylarga ega tarixiy markazlar, markazga tutash mashhur piyoda sayyohlik ko‘chalari joylashgan “diqqatga sazovor joylar markazlari” tashkil etilgan.
Hozirgi vaqtda Namangan shaharida 678 ming kishi va Samarqand shaharida 573 ming kishi istiqomat qiladi. Ushbu shaharlar biznesni kengaytirish, innovatsion rivojlanishning yuqori darajasiga erishish, infratuzilma o‘zgarishlarini amalga oshirish, yalpi mintaqaviy mahsulot darajasini oshirish, yuqori sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, talab qilinadigan iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklarini ko‘paytirish, katta investitsiyalarni o‘zlashtirish, keng ko‘lamli qurilish ishlarini olib borish, chakana savdoni ko‘paytirish va boshqalar uchun katta istiqbollarga ega.
Biznes va ichki migratsiya uchun Toshkent shahri bilan bir qatorda boshqa “tortuvchi-markazlar”ni tashkil etish, ularning barqaror rivojlanishini ta’minlash va aholi yashashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tabirlarni belgilash maqsadida Strategik islohotlar agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu hujjatiga muvofiq Namangan va Samarqand shaharlariga “millionli shahar” maqomi beriladi hamda ularni respublika ahamiyatidagi shahar sifatida rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar va ularni rivojlantirishga qo‘yiladigan asosiy talablar tasdiqlanadi.
Xususan, ushbu shaharlarni rivojlantirishning 13 ustuvor yo‘nalishi belgilandi, ular orasida jahon brendlarini jalb qilish, yagona integratsiyalashgan infratuzilmani yaratish, “yashil makon”, “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat bog‘lari”ni yaratish, aqlli shahar va “xavfsiz shahar” talablariga javob beradigan texnologiyalarni keng qo‘llash, yirik xalqaro tadbirlarni o‘tkazish kabilar belgilangan.
Shu bilan birga, Namangan va Samarqand “millionli shaharlar” sifatida bo‘lib, ularga quyidagilar asosiy talablar:
– shaharni rivojlantirish va shahar ramzini o‘rnatish;
– shahar infratuzilmasini strategik rivojlantirish;
– rivojlangan transport va avtomobil yo‘llari tarmog‘ini yaratish;
– energiya barqarorligini ta’minlash;
– shaharning irrigatsiya va drenaj tizimini rivojlantirish;
– turizm infratuzilmasini yaratish;
– hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ekologik xavfsizligini ta’minlash;
– tabiiy-iqlim tahdidlarining oldini olish choralarini ko‘rish;
– yong‘in xavfsizligining yuqori darajasiga erishish;
– sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish;
– aholini uzluksiz mobil aloqa va Internet bilan ta’minlash;
– yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish;
– kompleks ijtimoiy rivojlanish va jamoat xavfsizligini ta’minlash kabilar maqsadga muvofiq vazifalardandir.
Shunga ko‘ra, Samarqand va Namanganni “millionli shaharlar” deb tan olish ularni ulkan shaharlarga aylantirishi inson va ilmiy, innovatsion va texnologik salohiyatga ega bo‘lgan shaharlarni jamlash orqali barcha infratuzilma o‘zgarishlarida va mintaqaviy rivojlanishda kelajakdagi yutuqlar markazlarini shakllantirish masalasi jamlangan.
Shunday qilib, Namangan va Samarqandni “millionli shaharlar”ga aylantirish yangi O‘zbekistonning rivojlanishida va ushbu hududlarda mavjud bo‘lgan salohiyatni mahalliy aholining yuqori turmush darajasiga erishishi bilan bir qatorda, bular Markaziy Osiyo mintaqasida sayyohlik sanoatining “diqqatga sazovor joylari”ga, iqtisodiy, investitsion, texnologik, ilmiy, ma’naviy va boshqa sohalarga aylantirish jarayonida yangi muhim bosqich hisoblanadi.
Dmitriy Ogay,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi guruhi rahbari