Mazkur qo‘llanma O‘zbekistonda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarini chiqarish sohasidagi asosiy muammolarni har tomonlama tahlil qiladi. Hujjatda aholining markazlashgan ichimlik suvi va oqova tizimlari bilan qamrovi pastligi, infratuzilmaning eskirishi, suv sifatining yomonligi, samarasiz boshqaruv hamda normativ-huquqiy bazadagi bo‘shliqlar kabi muammolar alohida taʼkidlanadi. Bu muammolarning sabablari sifatida maʼlumotlar va ularning ochiqligi yetishmasligi, davlat idoralari o‘rtasida muvofiqlikning pastligi, noqonuniy suv isteʼmoli va atrof-muhitning ifloslanishi ko‘rsatib o‘tiladi.
Hujjatda sohani modernizatsiya qilish uchun strategik takliflar ilgari surilgan. Ular qatorida maʼlumot almashinuvini yaxshilash, jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish, laboratoriya salohiyatini oshirish, suv sifat standartlarini qayta ko‘rib chiqish, normativ bo‘shliqlarni bartaraf etish va davlat-xususiy hamda jamoat sheriklik mexanizmlarini joriy etish masalalari mavjud.
Qo‘llanmaning ikkinchi qismida markazlashgan oqova tizimi mavjud bo‘lmagan aholi punktlari uchun, ularning geografik va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini hisobga olgan holda, alternativ sanitariya yechimlari bo‘yicha tahlil va takliflar keltirilgan.
3 ta asosiy raqam:
- 20 metr– so‘nggi 20 yilda 22 tumanda yer osti suvlari sathi 5–20 metrgacha pasaygan.
- 3,26 milliard dollar– 2025 yilgacha ichimlik suvi va oqova loyihalari uchun jalb qilingan xalqaro kreditlar hajmi.
- 40,6 million m³– har yili atrof-muhitga tozalanmagan holda chiqarilayotgan oqova suv hajmi.
3 ta ustuvor qadam:
- Yer osti suvlarini to‘liq qayta baholash va zahiralarni tasdiqlash
– Yer osti suvlarining bashorat qilingan resurslarini to‘liq qayta baholash va zaxiralarini tasdiqlash, chuqur tahlil (deep learning) texnologiyalarini pilot tarzda sinovdan o‘tkazish, hamda sunʼiy to‘yintirish ishlariga davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘larni oshirish. - Ichimlik suvi va oqova loyihalarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish
– Loyihalarni hududning gidrogeologiyasi va suv resurslari bilan muvofiq holda kelishish, mustaqil monitoring tizimini joriy etish, jamoatchilikka hisobot berish va barcha infratuzilma loyihalarini yagona maʼlumotlar bazasida yuritish. - Oqova suvlarni oqizishni tartibga solish va tozalash talablarini kuchaytirish
– Oqova suvlarni suv obyekti turiga qarab standartlashtirish, lokal tozalashsiz oqovaga ulanishni taqiqlash, yuqori darajada ifloslovchi korxonalarni shahar tashqarisiga ko‘chirish va eng yaxshi mavjud texnologiyalar (BAT) prinsiplarini joriy etish.
Qo’llanma: Ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlari, avtonom oqava va sanitariya tizimlari