Delivery Unit – Natijalarga erishishni boshqarish guruhi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 15-mayda AF-28-sonli qarori qabul qilindi.

Asosiy yo‘nalishlari sifatida amalga oshirishi murakkab bo‘lgan va turli tashkilotlarni jalb qilish orqali, ya’ni tarmoqlararo jihatga ega, quyidagi sohalar belgilangan:

  • Jamoat salomatligi;
  • O‘rta ta’lim infratuzilmasi;
  • Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash.

Ushbu sohalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining Natijalarga erishishni boshqarish guruhining (keyinchalik – “Delivery Unit”) ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan.

Dunyoning 35 dan ortiq mamlakatlarida zamonaviy boshqaruv yondashuvini joriy etish maqsadida “Delivery Unit” modeli qoʻllanilgan.

“Delivery Unit”ning asosiy maqsadlari qatorida:

  • ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilishda yangi yondashuvni joriy etish;
  • qarorlarni qabul qilishda inson manfaatlari xizmat qilishini ta’minlash;
  • muammolarni hal etishda davlat boshqaruvi salohiyatini oshirish;
  • maqsadli mandat.

Ushbu model nafaqat aholining davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi, balkim muhim ijtimoiy tarmoqlarda modernizatsiyani ham rag‘batlantiradi. Hozirgi kundagi dolzarb muammolarni hisobga olgan holda, ma’lumotlar bilan ishlashga katta e’tibor qaratilgan. O‘zbekistonning “Delivery Unit” modelida mamlakatimizdagi barcha davlat organlari orasida birinchi marta ma’lumotlar tahlilchilari va GIS mutaxassislaridan iborat guruh tashkil etildi.

“Delivery Unit” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tarkibiga kiradi va maʼlumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish boʻyicha tashabbuslarni amalga oshirish va umum davlat yondashuvini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilishning strategik mexanizmidir. Ichimlik suvi, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi muhim sohalarga e’tibor qaratgan holda, “Delivery Unit” fuqarolar hayotiga ijobiy ta’sir ko’rsatish uchun eng katta salohiyatga ega bo‘lgan sohalarda resurslarning samarali taqsimlanishini ta’minlaydi.

Ma’lumotlarga asoslangan yondashuv.

“Delivery Unit” qaror qabul qilish ishonchli dalillar va tahlillarga qarorlar qabul qilish tamoyilini joriy qilishni ta’minlaydi. Ushbu chora-tadbirlar asosiy muammolarni aniqlashga, real maqsadlarni belgilashga va taraqqiyotni samarali kuzatishga yordam beradi.

Fuqaroga yo‘naltirilgan yondashuv

“Delivery Unit” uchun tanlangan ustuvorliklar fuqarolarning farovonligi va hayot sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan. Ichimlik suvi, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi muammolarni hal etish orqali “Delivery Unit” aholi manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish tamoyillariga sodiqligini namoyish etib kelmoqda.

Muammo yechimini izlash qobiliyati

“Delivery Unit”ning muammolarni hal qilishdagi yondashuvlari boshqa davlat idoralaridan farq qiladi. Muammolarni samarali hal qilishga va ustuvor sohalarda aniq natijalarga erishishga e’tibor qaratgan holda, “Delivery Unit” kuchli o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan natijalarga e’tibor qaratadi.

Maqsadli mandat

Kengroq hukumat tuzilmalaridan farqli o‘laroq, “Delivery Unit” aniq muammolarni hal qilishga va tanlangan sohalarda o‘lchanadigan natijalarga erishishga yo‘naltirilgan vakolatga ega. Bu amalga oshirishda ko‘proq moslashuvchanlik va samaradorlikni va resurslarning yuqori ta’sirli tashabbuslarga taqsimlanishini ta’minlaydi.

“Delivery Unit”ning asosiy maqsadi davlat boshqaruvi tizimiga innovatsion yechimlarni joriy etish hamda muhim maqsadlarni to‘g‘ri ishlab chiqish va natijalarga erishish, idoralar tomonidan aniq maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy sohaga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishda hukumatga ko‘maklashishdan iborat.

“Delivery Unit” O‘zbekistonda quyidagi maqsadlarga erishishga harakat qiladi:

  1. Maqsadlarga erishishda davlat organlari faoliyatini yanada samarali muvofiqlashtirish
  2. Maqsadlarga erishishni monitoring qilish
  3. Zamonaviy boshqaruv usullari orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishga yangicha yondashuvlarni joriy etish
  4. Aniq va dalillarga ma’lumotlarga asoslangan yechimlarni ishlab chiqish orqali ma’lumotlarga asoslangan boshqaruvni joriy etish.

Hozirgi kunda “Delivery Unit” sog‘liqni saqlash, maktablar infratuzilmasi va ichimlik suvi sohalarida 2026-yilga qadar 11 ta asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) ustidan loyihalar amalga oshirmoqda.

Sog‘liqni saqlash yo‘nalishidagi maqsadlar:

  • Osh tuzini yodlash;
  • 30-69 yoshlilar o‘rtasida yurak-qon tomir kasalliklari va qandli diabetni erta aniqlash orqali barvaqt o‘limni kamaytirish;
  • Ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash va davolanishga yo‘naltirish orqali erta o‘limni kamaytirish;
  • barcha xalqaro talablarga javob beradigan, xavfli o‘smalar bilan og‘rigan bemorlarni ro‘yxatga olish va hisobini yuritish hamda axloqiy me’yorlarga muvofiq ilmiy tadqiqotlar olib borishga mo‘ljallangan saraton reyestrining axborot tizimini yaratish.

Toza ichimlik suvi yo‘nalishidagi maqsadlar:

  • 2026-yil oxirigacha hududlarda qo‘shimcha 5,2 mln aholini markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan taʼminlash;
  • 8 ta yirik sanoat shaharlarida oqava suvlarini kamaytirish orqali aholi salomatligi uchun xavflarni qisqartirish;
  • Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashning davriylik muddatlarini oshirish (kamida 1,5 baravarga);
  • Ichimlik suvi sifati to‘g‘risidagi maʼlumotlardan aholining onlayn foydalanishi imkoniyatini taʼminlash;
  • 2026-yil oxirigacha markazlashtirilgan kanalizatsiya bilan taʼminlangan shahar aholisi ulushini 18,4% dan 35%gacha oshirish.

Maktablar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha maqsadlar

  • 2026-yilga qadar maktablar qo‘shimcha 1,5 mln o‘quvchi o‘rindiq yaratish;
  • Markaziy kanalizatsiyasiz 1500 umumtaʼlim maktablarida hayotiy faoliyat organik chiqindilarini olib chiqish va qayta ishlashni taʼminlash.