Strategik islohotlar agentligi va Turizm qoʻmitasi tashabbusi bilan “UZBEKISTAN THE GOLDEN ROAD” (O‘zbekiston – oltin yo‘l) nomli hujjatli film yaratildi. Kartina britaniyalik mashhur olima, yozuvchi va teleboshlovchi Bettany Xyuz tomonidan “TREASURES OF THE WORLD” (Jahon xazinalari) seriali doirasida suratga olingan. Unda mamlakatimiz tarixi va tabiati zamonaviy kinoeffektlar orqali yoritilgan.
❗️Film premyerasi bugun, 18-oktyabr kuni London vaqti bilan 19:00 da Britaniyaning “Channel 4” telekanalida boʻladi.
Uni tez kunlarda O’zbekistonda ham namoyish etish rejalashtirilgan.