“AIF – 2025” forumi doirasida elektron to‘lovlar sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“Astana International Forum – 2025” doirasida Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Raxmatov va Qozog‘iston Milliy banki raisining maslahatchisi – raqamli transformatsiya rahbari Binur Jalenov o’rtasida uchrashuv bo‘lib o’tdi. Uchrashuvda shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari Sodir Meliboyev ishtirok etdi. Uchrashuv davomida tomonlar elektron to‘lovlar ulushini oshirish istiqbollari, milliy to‘lov tizimlarini rivojlantirish va raqamli texnologiyalarni…

Ostona shahrida Strategik islohotlar agentligi va Qozog‘iston Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligi delegatsiyasining “Astana International Forum – 2025” doirasidagi ishtiroki davomida Agentlik direktori Baxodir Raxmatov va Qozog‘iston Respublikasining Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi raisi Aset Irgaliyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi o‘laroq 2024-yilda ikki Agentlik o‘rtasida imzolangan Qo‘shma harakatlar rejasining ijrosi yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar erishilgan natijalarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni…

Strategik islohotlar agentligida elektron to‘lovlarni rivojlantirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Strategik islohotlar agentligida Elektron to‘lovlar ulushini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini tayyorlash  doirasida moliyaviy sektor vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi uchrashuv yetakchi to‘lov tashkilotlari — Click asoschisi va bosh direktori Ulug‘bek Rustamov, OSON yuridik direktori Dilshod Keldiyarov va PAYNET bosh direktori Anvar Isamuhamedov ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida elektron to‘lovlarning boshqa hisob-kitob shakllariga nisbatan…