
Maqsadlar
Oʻzbekiston uchun mamlakat platformasi Oʻzbekiston hukumatining xalqaro hamkorlari bilan samarali hamkorlikka koʻmaklashishga moʻljallangan muvofiqlashtiruvchi mexanizm hisoblanadi. Umumiy maqsad mamlakatni strategik islohotlar va davlat dasturlarini rivojlantirish va amalga oshirish boyicha maqsadlariga erishish, xususan, “Oʻzbekiston-2030” taraqqiyot strategiyasi va strategik tarmoqlarni barqaror rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
Platforma tarkibi
Mamlakat Platformasi Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategiк islohotlar agentligi hamda Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi hamda Oʻzbekiston hukumati tomonidan tayinlangan shaxs raislik qiladi. Mamlakat Platformasi Kotibiyati hukumat vakillari va rivojlanish boʻyicha hamkorlar bilan davra suhbatlarini tashkil qiladi, shuningdek, tematik yoʻnalishlardan iborat ishchi guruhlar bilan maʼlumot almashishni qoʻllab-quvvatlaydi. Kotibiyat vazifasini rotatsiya asosida Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan rivojlanish boʻyicha hamkorlardan biri bajaradi.
2022

2023-2024

2025

lshchi guruhlar
Mamlakat Platformasi ishchi guruhlariga belgilangan tarmoqlarda jadal islohotlarni amalga oshirish uchun oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish va zarur resurslar bilan taʼminlash vazifasi yuklatilgan.
Ishchi guruhlar quyidagi yoʻnalishlarda oʻz ishini olib boradi:
- Sogʻliqni saqlash
- Taʼlim
- Transport
- Yashil oʻsish
- Davlat moliyasi
- Energetika va togʻ-konchilik
- Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat
- Qonun ustuvorligi va boshqaruv
- Suv resurslari, taʼminot va sanitariya
- Shahar va qishloqlarni rivojlantirish
- Texnik va kasbiy taʼlim, qayta tayyorlash va koʻnikmalarni rivojlantirish
- Davlat korxonalari, davlat banklari, davlat-xususiy sherikchiligi
- Xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarni tayyorlash tartib-tamoyillarini optimallashtirish va soddalashtirish masalalari