“Delivery Unit”ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Ma’lumotlarga asoslangan qarorlar: ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradigan statistik va boshqa ma’lumotlarni yig‘ish, boshqarish, tahlil qilish va vizualizatsiya qilish;
  • Umum davlat yondashuvi: ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ bilan hamkorlik qilish;
  • Qarorlar qabul qilish jarayonini modernizatsiya qilish: zamonaviy va innovatsion IT-yechimlarni joriy etish orqali davlat boshqaruvi usullarini va idoralararo aloqalarni takomillashtirish;
  • Muammolar yechimi: ustuvor yo‘nalishlarda islohotlarni samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni hal qilish yo‘llarini taklif qilish;
  • Ma’lumotlarni vizuallashtirish va ulardan foydalanish imkoniyati: jamoatchilik monitoringi va nazoratini amalga oshirish imkonini beruvchi ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish va tashabbuslar amalga oshirishini kuzatish imkonini beruvchi dasturiy platformani joriy etish;
  • “Yo‘l xaritalar” ishlab chiqish: asosli ma’lumotlar asosida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejalarini (“yo‘l xaritalari”) ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholash;
  • Yangi yondashuv va innovatsiyalarni joriy etish;
  • Fuqarolar, ilmiy tashkilotlar, xususiy sektor va professional hamjamiyatlar salohiyati va tashabbuslaridan foydalanish;
  • Ijtimoiy muloqot, kampaniyalar, ommaviy axborot vositalari orqali aholi ishtirokini oshirish.