Strategik islohotlar agentligi huzuridagi “Delivery Unit” ofisi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan respublikaning 3 ta umumtaʼlim maktablarida grant mablag‘lari hisobidan markazlashtirilmagan kanalizatsiya tizimi “Soakaway filtrlash maydoni ega septik” yechimini qo‘llash tajriba loyihasi amalga oshirilmoqda.
Hozirda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani 11-sonli, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani 25-sonli va Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani 16-sonli umumtaʼlim maktablari tajriba loyihasi uchun saralab olingan.
Ayni vaqtda mazkur loyihalash bosqichi, tegishli ruxsatnoma va ekspertiza xulosalari jarayoni yakunlanib, qurilish ishlari boshlangan.
Joriy yil avgust oyining yakunigacha yuqoridagi 3 ta maktabda qurilish va montaj ishlari to‘liq yakunlanib, maktablarda yangi tizim va hojatxonalardan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan o‘quvchi va xodimlarga treninglar o‘tkazilishi, maxsus posterlar ishlab chiqilib o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, tajriba loyihasi natijasida moliyaviy va boshqa masalalarni inobatga olgan holda uni boshqa maktab va tumanlar miqyosida tatbiq etish nazarda tutilmoqda
Buning uchun 2025 yil yakuniga qadar qurilishning milliy normativ hujjatlariga “Soakaway filtrlash maydoni ega septik” markazlashtirilmagan kanalizatsiya tizimini joriy etish bo‘yicha o‘zgarish va qo‘shimchalar va alohida texnik-metodik qo‘llanma ishlab chiqish rejalashtirilgan.